Uchtepa tumanida sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma'lumot  

Avval xabar berganimizdek, bugun, 11-oktyabr kuni soat 14:21 da Toshkent shahar, Uchtepa tumani Beshqayrag‘och ko‘chasida oqova (chiqindi) suvlari uchun mo‘ljallangan chuqurlik (kotlovan) qazish vaqtida o‘pirilish sodir bo‘lib, 3 nafar fuqaro tuproq ostida qolib ketganligi taxmin qilingan edi. 

Qidiruv-qutqaruv ishlari davomida 3 nafar fuqaro tuproq ostida qolganligi tasdiqlandi. Shulardan 2 nafar xalok bo‘lgan  fuqarolar jasadlari, shuningdek, qutqaruchilarning tezkor say-harakatlari natijasida 1 nafar fuqaro tirik xolda tuproq ostidan olib chiqilgan. Tan jarohati olgan fuqaro shifoxonaga yotqizilib, malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.