Uchtepa tumanida sodir bo‘lgan hodisa to‘g‘risida ma'lumot  

Bugun, 11-oktyabr kuni soat 14:21 da Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Beshqayrag‘och ko‘chasida oqova (chiqindi) suvlari uchun mo‘ljallangan chuqurlik (kotlovan) qazish vaqtida o‘pirilish sodir bo‘lib, 3 nafar fuqaro tuproq ostida qolib ketganligi taxmin qilinmoqda. 

Hodisa joyiga zudlik bilan yetib borgan shahar FVBning 2 ta qutqaruv otryadi 16 nafar qutqaruvchilari tomonidan tuproq ostida qolib ketgan fuqarolarni qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Voqea joyiga shahar FVB, SSB, IIB rahbar xodimlari chiqishgan.

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.