13-Oktyabr “Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni” 

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida viloyat FVB tomonidan "Favqulodda vaziyatlarga tizimli tayyorgarlik ko‘rish" mavzusida ko‘rgazmali o‘quv amaliy mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘ulotlari davomida favqulodda vaziyatlar yuz berganda maktab o‘quvchilarining to‘g‘ri harakat qilishga doir bilim va ko‘nikmalari oshirilib, yong‘in sodir bo‘lganda uni birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari orqali tezkorlik bilan bartaraf etish, o‘quvchilarni xavfsiz joyga evakuatsiya qilish va jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish mashqlari amaliy tarzda ko‘rsatib berildi.