E'lon

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi e’loni: 

2020-yil 7-sentabrdagi "Atrof-muhitga ta'sirni baholash mexanizmini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi 541-son qarorning 3-ilovasi bilan tasdiqlangan "Atrof muhitga ta'sirni baholash loyihalarini jamoatchilik eshituvlaridan o'tkazish tartibi to'g'risida"gi Nizom talablaridan kelib chiqib, 2023-yil 12-oktabr kuni soat 10:00 da Chinoz tumani hokimligi binosida Toshkent viloyati Chinoz tumani "Oxunboboyev” massivi hududidan oqib o'tuvchi Sirdaryo daryosi o'zanidagi uzunligi 650 metr, eni 100 metr bo'lgan uchastkada to'planib qolgan qum-shag'al materiallaridan tozalash loyihasini muhokama qilish maqsadida jamoatchilik eshituvi tashkil qilinishini ma'lum qilamiz.