“Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi”

Joriy yilning 5-7 oktabr kunlari sportning kurash turi bo‘yicha “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi”ning respublika bosqichi O‘zbekiston kurash federatsiyasi vakillari bilan hamkorlikda Navoiy shahrida o‘tkazildi.

Umumjamoa hisobida 1-o‘rinni Qashqadaryo viloyati, 2-o‘rinni Navoiy viloyati hamda 3-o‘rinni Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining terma jamoalari egalladilar. 

Bundan tashqari, musobaqada yosh ishtirokchilari o‘rtasidan “Eng mahoratli yosh kurashchi” nominatsiyasi g‘oliblari aniqlanib, Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi harbiy xizmatchisi 73 kg vaznda 1-o‘rinni egallagan J.Saparov hamda Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi harbiy xizmatchisi 60 kg vaznda 1-o‘rinni egallagan B.Ziyodullayevlar vazirlik va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining maxsus sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

Musobaqa yakuni bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar ko‘chma kubok, diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.