Andijon viloyatida profilaktik tadbirlar

Andijon viloyati FVB xodimlari va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda "Yong'indan ogohlik" umummilliy kampaniyasi doirasida mahalla fuqarolar yig‘inlarida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish va sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda. 

Bunda aholiga tushuntirish ishlari olib borilib, ularga yo‘riqnomalar tarqatilmoqda. Shuningdek, ijtimoiy soha obyektlarida ham targ‘ibot ishlari olib borildi, aholi ko‘p yig‘iladigan joylarga eslatma plakatlar joylashtirildi. Bunday tadbirlar shahar va tumanlarda davom ettirilmoqda.