Maxsus-taktik o'quv mashqi 

Toshkent viloyati FVB tomonidan FVDqT tuzilmalari va kuch vositalari ishtirokida Zangiota tumanida joylashgan "Arkbuloq" bojxona postiga qarashli logistika terminallarining birida maxsus-taktik o'quv mashqi o'tkazildi. 

O'quv mashqi davomida shartli ravishda sodir bo‘lgan yong'inni bartaraf etish, ishchi-xizmatchilarni xavfsiz joyga evakuatsiya qilish va jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi.