Farg'ona viloyatida “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi doirasidagi tadbirlar

Farg'ona viloyati FVB xodimlari tomonidan “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi doirasida Farg'ona tumanida joylashgan harbiy qismlarning birida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar va ularning oila-a’zolari bilan profilaktik tadbir o'tkazildi. 

Tadbir davomida ishtirokchilarga  yong‘inlar, gaz-havo aralashmasining chaqnashi, is gazining hosil bo‘lish sabablari to‘g‘risida tushunchalar hamda  shu kabi boshqa ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.