Samarqand viloyati FVBda “Press-tur” o‘tkazildi

Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Maxsus ixtisoslashtirilgan yong‘in-qutqaruv otryadida "Aholiga favqulodda vaziyatlarda yordam ko‘rsatish uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishtiruv" mavzusida jurnalist va blogerlar uchun Press-tur bo’lib o’tdi.

Amaliy ko‘rgazma shaklida o‘tkazilgan tadbirda mehmonlar qutqaruv otryadi tomonidan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish hamda qidiruv-qutqaruv ishlarida foydalaniladigan maxsus asbob-anjomlar, texnikalar hamda qutqaruvchilar uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javoblar oldilar.