"Yosh avlodga korrupsiyasiz kelajak qoldiraylik" 

Ayni shu mavzuda Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi masʼul xodimlari, Termiz harbiy prokuraturasi ishtirokida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Unda mas'ul xodimlar tomonidan harbiy xizmatchi va  xizmatchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, huquqbuzarlik va jinoyatchilik bilan bogʻliq qonun buzilish hamda korrupsion holatlarni sodir etmaslik to'g'risida tushuntirish ishlari olib borildi.