Ilk ofitserlik muborak bo‘lsin! 

FVV Markaziy apparatida tashkil qilingan tadbirda  FVV Akademiyasi qoshidagi ofitserlar tayyorlash kursini tamomlagan harbiy xizmatchilarga “leytenant” harbiy unvonlari Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.Qo‘ldoshev tomonidan tantanali ravishda topshirildi.  

Mazkur kursda FVV tizimidan jami 16 nafar oddiy askar va serjantlar tarkibida kontrakt asosida xizmat qilayotgan oliy maʼlumotli harbiy xizmatchilar tahsil olib, ilk ofitserlik unvoniga sazovor bo‘ldilar.
  
O‘z navbatida, ularni samimiy qutlab, kelgusidagi xizmatlarida omad-muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.