O‘zbekiston Respublikasida zararli chigirtkalarining turlari va muhofaza tadbirlari

 

Chigirtkalar - qishloq xo‘jaligi ekinlariga katta  talofat yetkazuvchi ochofat hasharotlardan biri  xisoblanadi. Ular sabzavot-poliz, donli va texnika ekinlarni, shuningdek yaylov va boshqa ekinzorlarni zararlab, xatto bug‘doyning sut pishish davrida uning donini ham nobud qiladi. Chigirtkalar to‘g‘ri qanotli xasharotlar turkimiga  mansub bo‘lib, ularning dunyoda 20 mingdan ortiq tur va kenja turlari tarqalgan,  shulardan  o‘nlab turlar  zarakunanda sifatida qayd qilingan.

Chigirtkalarning hayot kechirish tarziga asosan, to‘da xosil qiladigan, ya’ni ommaviy ravishda ko‘payadigan xamda to‘da xosil qilmaydigan, yakka-yakka yashaydigan turlarga ajratiladi. To‘da xosil qiluvchi chigirtka turlari shunday turlarki, ular yalpi rivojlangan yillarda g‘uj-g‘uj xasharotlar to‘dasini xosil qiladi, ba’zan bunday to‘dalar yig‘ilib, chigirtkalarning uchib yuruvchi galalarini yuzaga keltiradi. To‘dalarda lichinkalar soni xar bir kvdrat metr  joyga 2-3 mingtagacha, xatto to‘qay chigirtka birinchi yoshdagi lichinkalari soni 1kv.m.ga 80000 tagacha yetishi mumkin. Chigirtkalarning xaddan tashqari katta zarar yetkazish sabablaridan biri, ularning juda ko‘p miqdorda, tinimsiz oziqlanishidir, bir kunda xar bir chigirtka o‘z vazniga nisbatan 2-3 barobar ortiq bo‘lgan ko‘k massani yeb bitiradi. To‘dalarga yig‘ilgan millirdlab chigirtka lichinkalari yoki imagolari bir kunda o‘z yo‘lidagi ulkan maydonlardagi ekinzorlarni mutlaqo nobud qila oladi. Batafsil...