Mardlar bellashuvi

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati, “Navoiyuran” DK obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish markazi, Navoiy viloyati kurash federatsiyasi va Yoshlar ishlari agentligining viloyat boshqarmasi va boshqa mas’ul idoralar hamkorligida Uchquduq, Zarafshon va Navoiy sanoat maydonidagi bo‘limlarning harbiy xizmatchilari o‘rtasida Navoiy shahridagi “Kurash” maktabida kurash bo‘yicha “Markaz boshlig‘i kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.

Mazkur musobaqada 25 dan ortiq harbiy xizmatchi va xizmatchilar 60, 66, 73, 81, 90, 100 va 100+ kg vazn toifasida chala, yonbosh va halol kabi ko‘rsatgichlar bilan o‘zaro kuch sinashdilar. Unga ko‘ra oddiy askarlar Laziz Xolmatov, Ahliddin O‘ralov, Sanjar Norov, Azimjon Mardonov, Shermat Baliyev va Sobit Roziqov hamda Bobur Rahimovlar ushbu musobaqada g‘olib bo‘ldi. 

G‘oliblikni qo‘lga kiritgan polvonlarimizga “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi” musobaqalarida muvaffaqiyatlar tilaymiz. Tadbir so‘nggida sovrindorlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.