“Korrupsiyaga qarshi kurashishni o‘zimizni isloh qilishdan boshlaylik”

Ayni shu mavzu yuzasidan Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi harbiy xizmatchi va xizmatchilari ishtirokida seminar tashkil etildi. Unda Toshkent harbiy sudi hamda Chirchiq harbiy prokuraturasi xodimlari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Seminar davomida ishtirokchilarga harbiy intizom talablariga, obod - ahloq qoidalariga rioya qilish, avtotransport vositalarini boshqarganda yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilish, sohada korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.