Samarqand viloyatida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi FVV tizimidagi boshlang‘ich tashkilot yetakchilari va yo‘nalish sardorlaridan iborat jamoalar Samarqand viloyatida o‘tkazilgan "Zakovat" intellektual o‘yinida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. Qiziqarli tashkil etilgan intellektual o‘yinda 3-o‘rini Sirdaryo FVB jamoasi, 2-o‘rinni FVV Akademiyasi jamoasi  va faxrli 1-o‘rinni Toshkent shahar FVB jamoasi egalladi. G‘olib jamoalar esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlandi.