Xorazm viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganish tadbirlari olib borilmoqda

Xorazm viloyatida FVV mas’ul vakili, viloyat FVB rahbariyati hamda daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi tadbirlari doirasida ijtimoiy soha obyektlari, aholi yashash xonadonlarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganish tadbirlari olib borilmoqda. Unda alohida e’tibor aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etishga qaratilmoqda. Bu kabi tadbirlar respublika bo‘ylab izchillik bilan davom etmoqda.