Navoiy viloyatida "Yong‘indan ogohlik" umummilliy kampaniyasi doirasida olib borilayotgan tadbirlar

Navoiy viloyati FVB xodimlari tomonidan daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda "Yong‘indan ogohlik" umummilliy kampaniyasi doirasida "Navoiy IES" AJ da kuz -qish mavsumini betalofat o‘tkazish, energetika tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash, aholi va iqtisodiyot tarmoqlariga elektr energiyasini uzluksiz yetkazishda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. Shuningdek, xonadonlar, ijtimoiy soha obyektlari va aholi ko‘p yig‘iladigan maskanlarda profilaktik tadbirlar kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda.