Muhtaram ustozlar! Qadrli do‘stlar! Aziz faxriylar!

Barchangizni “1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan samimiy muborakbod etish bizga ulkan mamnuniyat bag‘ishlaydi. Chunki ustoz degan muqaddas nom har bir inson taqdirida yuksak o‘rin egallaydi.

Tarixda yashab, o‘z davlati, xalqi uchun buyuk ishlar qilgan har bir qahramonning hayotida, uning dunyoga tuhfa qilgan buyuk xizmatlari zamirida ustoz deb atalgan mo‘tabar zotning nurli siymosi mujassam, albatta.

Bugun ushbu ulug‘ zotga ehtirom yangi O‘zbekiston davrida yangicha ma’no-mazmun kasb etdi. Muhtaram Prezidentimiz rahbarliklari ostida Uchinchi renessans poydevorini yaratishdek oliyjanob ishlar amalga oshirilayotgan hozirgi davrda ustozlarning mashaqqatli mehnatini qadrlash, ularga zarur shart-sharoitlar yaratish, ijtimoiy himoya qilishga yuksak e’tibor bilan qaralmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida yosh avlodni ona-Vatanga muhabbat, xizmat burchiga sadoqat ruhida tarbiyalash, sohaga oid bilimlarni puxta o‘zlashtirib, mutaxassislik bo‘yicha raqobatlasha oladigan umumkasbiy tayyorgarlikka ega kadrlar tayyorlash borasida o‘zining nazariy bilim
va hayotiy tajribalarini, kuch-g‘ayratini ayamay, fidoyilik ko‘rsatayotgan  harbiy xizmatchilar, professor-o‘qituvchilar, xizmatchi xodimlar va faxriylar ko‘pchilikni tashkil qiladi.

So‘nggi yillarda  vazirlik tizimida ulkan islohotlar, xalqimiz tinchligi
va farovonligini ta’minlash borasida ulkan yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda. Bunday natijalarga erishishda o‘z burchiga, Vataniga sadoqatli, xalq, jamiyat hamda davlat manfaatlari yo‘lida sidqidildan xizmat qilib kelayotgan Siz kabi fidoyi insonlarning munosib hissangiz borligini alohida qayd etish joiz.

Fursatdan foydalanib, barchangizni ushbu bayram munosabati bilan  yana bir bor qizg‘in qutlagan holda, g‘oyat mas’uliyatli va sharafli xizmatingizda ulkan zafarlar, mustahkam salomatlik, baxt-saodat, uzoq umr, oilaviy totuvlik, dasturxoningizga to‘kinlik va qut-baraka tilayman.