“Uch avlod uchrashuvi” negizida “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayramiga  bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi

Bugun, 30-sentabr kuni “Uch avlod uchrashuvi” negizida "1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali bayram Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida o‘tkazildi. Unda Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.Qo‘ldoshev, vazir o‘rinbosarlari, tizimda uzoq yillar xizmat qilgan faxriylar, vazirlik ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, yosh harbiy xizmatchilar hamda vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari ishtirok etdilar.

Tantanali tadbirni general-mayor A.Qo‘ldoshev ochib berdilar hamda vazirlik Akademiyasi, Fuqaro muhofazasi instituti, Boshlang‘ich tayyorgarlik va malaka oshirish markazi, Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi hamda hududiy boshqarmalarning “Hayotiy faoliyat xavfsizligi o‘quv markazlari”da faol va namunali xizmat qilib kelayotgan bir guruh o‘qituvchi va murabbiylar munosib taqdirladilar.

Shuningdek, Vazir  hamda vazirlik tizimida uzoq yillar faol va samarali xizmat qilgan farxiylarimiz, yosh harbiy xizmatchilar va o‘rta avlod vakillari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi" tashkil etildi. Uchrashuvda, soha tarixi, uning rivojlanish bosqichlari, erishilayotgan yutuq va marralar, bugungi yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda ularning istiqboli haqida fikr-mulohazalar yuritildi.

Bunday tadbirlar vazirlik hududiy boshqarmalar va tarkibiy tuzilmalarida ham yuqori saviyada tashkil etilib, o‘tkazilib kelinmoqda.