Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev FVV Akademiyasida o‘tkazilgan “Vatanga qasamyod” tadbirida ishtirok etdi

Bugun, 30-sentabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida birinchi bosqich kursantlarining Vatanga qasamyod qabul qilish tantanali marosimi o‘tkazildi. Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vaziri, Yangihayot tumani hokimligi, faxriylar, professor-o‘qituvchilar, kursantlarning ota-onalari va yaqinlari qatnashdi. 

Shu munosabat bilan, “Vatanga qasamyod” qabul qilgan kursantlarni muborakbod etib, kelgusidagi o‘qish va ishlariga omadlar tilaymiz.