O‘quvchilar bilan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instituti xodimlari tomonidan M.Ulug‘bek tumani 84-sonli maktab o‘quvchilari bilan “Turli xususiyatli  favqulodda vaziyatlarni oldini olish hamda sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish” mavzusida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar favqulodda vaziyatlarda harakat qilish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.