FVV xodimlari favqulodda vaziyat joyida aholiga ijtimoiy-ruhiy yordam ishlarini davom ettirmoqda

Avval xabar berganimizdek, Fuqaro muhofazasi instituti xodimlaridan iborat ijtimoiy-ruhiy yordam guruhi tomonidan Sergeli tumani “Quruvchi” mahallasi aholisiga ijtimoiy-ruhiy yordam ko‘rsatish ishlari jadal davom ettirilmoqda.

Tadbirlar davomida guruh jismoniy imkoniyati cheklangan hamda yoshi ulug‘ fuqarolarga alohida e’tibor qaratib, mas’ul xizmatlar bilan hamkorlikda sog‘ligini tekshirish hamda ruhiy ko‘mak berish ishlari amalga oshirilmoqda.