Vazirlik Markaziy apparati xodimlari “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” bo‘yicha sport sinovlarida faol ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5148-son qarori hamda 2023-yil 28-fevraldagi “2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” PF-27-son Farmoni bilan tasdiqlangan davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 20-22 sentabr kunlari Toshkent shahar, Mirobod tumanidagi 1-sonli Sport maktabida Yoshlar siyosati va sport vazirligi ishchi guruhi tomonidan 27 ta vazirlik, idora va tashkilotlar shaxsiy tarkibidan “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” bo‘yicha sport sinovlarini qabul qilindi. Unda FVV Qutqaruv kuchlarining xizmat va jangovar tayyorgarligini tashkil etish boshqarmasi xodimlari boshchiligida vazirlikning 10 nafar xodimlari “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” bo‘yicha sport sinovlarini topshirishda faol ishtirok etdi.

Sinovlar 5000 metrga (ayollar uchun 3000 metr) yugurish, mokkisimon yugurish, 100 metrga yugurish, yerga tayangan holda qo‘llarni bukib yozish, 500 g. sport anjomini uloqtirish, yugurib kelib uzunlikka sakrash, turgan joyidan uzunlikka sakrash, tennis to‘pini nishonga uloqtirish, basketbol to‘pini savatga otish, gimnastika o‘rindig‘idan oyoq tizzalarini bukmay oldinga egilish hamda kurakda yotgan holda oyoqlarni juftlashtirib tanani yuqoriga ko‘tarish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinib, bunda ishtirokchilardan yosh toifasiga qarab yuqorida qayd etilgan normativlardan
5 tasi bo‘yicha sinovlar qabul qilindi.

Sinovlar yakuniga ko‘ra, ishtirok etgan barcha vazirlik vakillari sinovlarni yuqori natijalarga topshirib, Yoshlar siyosati va sport vazirligining I darajali jismoniy tayyorgarlik sertifikati bilan taqdirlandilar.