Qashqadaryo viloyatida “Yong'indan ogohlik ” umummilliy kampaniyasi doirasidagi tadbirlar

Qashqadaryo viloyati FVB xodimlari tomonidan “Yong'indan ogohlik ” umummilliy kampaniyasi doirasida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong'in va turli favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda bu borada aholi bilim-ko‘nikmalarini oshirish maqsadida targ'ibot tadbirlari olib borilmoqda. Tadbir davomida yong‘in xavfsizligi qoidalarini o‘zida aks etgan eslatma va bukletlar tarqatilmoqda.