Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat hududiga yaqin mahallalar aholisiga ijtimoiy-ruhiy  yordam ko‘rsatish tadbirlari o‘tkazilmoqda

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi institutining professor-o‘qituvchilari, tibbiyot xodimlari va malakali mutaxassislari tomonidan Sergeli tumanida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat hududiga yaqin mahallalar aholisiga ijtimoiy-ruhiy  yordam ko‘rsatish tadbirlari o‘tkazilmoqda. Uchrashuvlar davomida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar yuzasidan atroflicha tushuncha berilib, ularning ruhiy holatini yaxshilash yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda.