Jizzax viloyatida “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi doirasida olib borilayotgan tadbirlar

Jizzax viloyatida “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi doirasida qator profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Xususan, kuni kecha Baxmal tumani FVB xodimlari tomonidan 1-son DMTTda “Yong‘in bolalar nigohida” hamda 11-son DMTTda “Olov ham do‘stdir – ham dushmandir” mavzularida tarbiyalanuvchilari bilan qiziqarli o‘yinlar va viktorinalar o‘tkazish orqali bolalarga yong‘in xavfsizligi qoidalari tushuntirilmoqda. O‘tkazilgan tadbirlar davomida tarbiyalanuvchilar tomonidan tayyorlangan qiziqarli sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.