Andijon shahrida ommaviy sayyor qabul oʻtkaziladi

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari ishtirokida joriy yilning 27-sentabr kuni soat 10:00 da Andijon viloyati Andijon shahar "Fitrat" ko‘chasi "Zahiriddin Muhammad Bobur" nomli viloyat Axborot kutubxona markazida kuz-qish mavsumida yong‘in xavfsizligini ta'minlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bu boradagi muammolarni samarali bartaraf etish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, yoshlar, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarini huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta‘minlashda amaliy yordam koʻrsatish maqsadida ommaviy sayyor qabul oʻtkaziladi.

Shu munosabat bilan, murojaatlaringiz boʻyicha ommaviy sayyor qabulda ishtirok etish uchun taklif etamiz.