Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari "Motamsaro ona" haykali poyiga gul qoʻydilar.

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari “9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Xotira maydonida ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan yurtdoshlarimiz xotirasini yod etib, "Motamsaro ona" haykali poyiga gul qoʻydilar.

Shuningdek, xodimlar Toshkent shahrida joylashgan “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurishdi.