“9-may – Xotira va qadrlash kuni”

“9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Andijon shahridagi Xotira maydoniga viloyat hokimligi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, huquq-tartibot idoralari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, harbiylar, mehnat faxriylari, taʼlim muassasalari oʻquvchi-yoshlari hamda keng jamoatchilik vakillari jam boʻlib, ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan yurtdoshlarimiz xotirasini yod etdilar va “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambar qo‘ydilar.