Qoraqalpog‘iston Respublikasi FVB da kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida uchrashuv bo'lib o'tdi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri o'rinbosari polkovnik Sh. Jo‘rayev boshchiligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi FVB da kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong'inlar, is-gazidan zaharlanish va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida amalga oshirilishi kerak bo'lgan choralar va profilaktik tadbirlarni tashkillashtirish borasida shaxsiy tarkib bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar belgilab olinib, mas’ullarga topshiriqlar berildi.