"Tashkent City" hududida joylashgan baland qavatli binolarda maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi

FVV Maxsus vazifalar bo‘yicha respublika qutqaruv markazi shaxsiy tarkibi ishtirokida "Tashkent City" hududida joylashgan baland qavatli binolarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. Unda jabrlanganlarni xavfsiz joyga olib chiqish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda yong‘inlar va avariya oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarilib, xodimlar bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.