#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan polkovnik Ibragimov G‘ayratjon Nigmatovich O‘ta muhim va toifalangan obyektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Favqulodda vaziyatlar vazirligi O‘ta muhim va toifalangan obyektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Shu munosabat bilan vazirlik rahbariyati  G‘ayratjon Ibragimovga kelgusidagi xizmat faoliyatlarida ulkan muvoffaqiyatlar tilab qoladi.