Farg‘ona viloyatida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi

Marg‘ilon, Farg‘ona shaharlari va Qo‘shtepa tumani maktablarida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, qutqaruvchilik kasbiga qiziqtirish maqsadida, Farg‘ona viloyati FVB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari tashkil etildi.

 

Uchrashuv davomida mamlakatimizda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini maxmunli tashkil etishga yaratib berilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritilib, FVV Akademiyasi, “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi va boshqa harbiy bilim yurtlariga o‘qishga qabul qilish tartibi yuzasidan o‘quvchi yoshlarga ma’lumotlar berildi.