"Navoiyazot" AJda amaliy taktik o‘quv mashq o‘tkazildi

Bugun, 25-aprel kuni "Navoiyazot" AJ O‘quv markazida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda kuch va vositalarni boshqarish hamda FVDTning amaliy harakatlari bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi. Tadbir davomida navbatchi dispetcherlik xizmatida amaliy harakatlar va ma'lumotlar almashinilib,  "Navoiyazot" Ajning sexilaridan birida shartli ravishda sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy taktik o‘quv mashq o‘tkazildi.