Mo‘ynoq tumanida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Muhandislik muhofaza va qurilish-tiklash ishlari bosh boshqarmasi boshlig‘i polkovnik N.Saidov boshchiligida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi. Unda Nukus harbiy prokurori, tuman hokimi, faxriylar, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari, yosh avlod vakillari va Favqulodda vaziyatlar vaziriligiga yangi qabul qilingan muddatli harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.