Boyovut tumanidagi qurilish jarayonlari doimiy nazoratda

Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Shaharsozlik sohasida profilaktika bo‘limi xodimlari va tegishli tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari olib borilayotgan joylardagi ishchi-xizmatchilarga texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilib ishlashlari bo‘yicha doimiy yo‘riqnomalar berib borilmoqda.

 

Shuningdek, mas’ullarga qurilish ishlari belgilangan norma va loyihalarga mos ravishda olib borilishi bo‘yicha qat’iy ogohlantirish va tavsiyalar berilmoqda.