“LUOK" MChJning Qashqadaryo viloyatidagi obyektlarida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi

Qashqadaryo viloyati FVB “LUOK” MChJ Obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish markazi tomonidan "LUOK" MChJ Hisor neft va gaz ishlab chiqarish fuqaro muhofazasi rahbariyati va viloyat FVDT xizmatlari bilan birgalikdagi harakatlari bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

 

Mashq davomida maxsus xizmatlar va navbatchi ishchi xodimlarning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarga shayligi hamda o‘zaro hamkorlikdagi harakatlari tekshirilib, ularning bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.