Qiziriq tumanida o‘quv mashqi o‘tkazildi

Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida joriy yil 17-19 aprel kunlari “Boshqaruv organlari, Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi hududiy quyi bo‘g‘inining zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi.  

 

Tadbir davomida Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimi tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar favqulodda vaziyatlarga qay darajada tayyor ekanliklari, korxona ishchilarining bunday vaziyatlarda harakatlari sinovdan o‘tkazilib, bilim va ko‘nikmalari oshirildi.