Qarshi shahrida amaliy-uslubiy seminar mashg‘uloti o‘tkazildi

Joriy yilning 17-aprel kuni Fuqaro muhofazasi instituti professor-o‘qituvchilari va Qashqadaryo viloyati FVB Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi o‘qituvchilari tomonidan Qarshi shahridagi 34-sonli umumta'lim maktabi va 17-sonli Eshitish va nutqida muammosi bor bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining pedagog xodimlari uchun amaliy-uslubiy seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

Ushbu tadbir FVV va YuNISEF bolalar xayriya jamg‘armasi o‘rtasida tashkil etilib, asosiy maqsadi – ta'lim muassasalarining, ayniqsa inklyuziv ta'lim muassasa tarbiyalanuvchilari hamda ko‘p sonli mehnat jamoasini turli favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish borasidagi bilim-ko‘nikmasini oshirishga qaratilgan.

Seminar davomida ishtirokchilar hamda maktab-internat tarbiyalanuvchilari maxsus yong‘in-qutqaruv texnikalari va asbob-anjomlari bilan yaqindan tanishib, ulardan foydalanish bo‘yicha birlamchi ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.