Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Uch avlod uchrashuvi” davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi general-leytenant T.A.Xudaybergenov boshchiligidagi harbiy-vatanparvarlik tadbirlari doirasidagi “Uch avlod uchrashuvi”ning navbatdagisi Chimboy tumanida tashkil etildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kenges Raisi, Jo‘qorg‘i Kenges Raisi o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar, Milliy gvardiya, Soliq, va Bojxona boshqarmalari rahbarlari, Nukus harbiy prokurori, tuman hokimi, nuroniylar, yosh avlod vakillari va Favqulodda vaziyatlar vaziriligiga yangi qabul qilingan muddatli harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.