FVV Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 20-aprel kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligida Markaziy apparat, hududiy boshqarmalar va tarkibiy tuzilmalar rahbar xodimlari ishtirokida videokonfrensaloqa orqali onlayn va oflayn tarzda vazirlikning 2024-yil 1-chorak yakunlariga bag‘ishlangan Hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi. Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda hisobot davrida favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash va fuqaro muhofazasi sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, mavjud muammolar, ularning yechimi bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar ko‘rib chiqildi.

Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan muhokamalar davomida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilanib, har sohaviy yo‘nalish bo‘yicha respublika, viloyat, tuman, shahar darajalarida tadbirlar samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.