Korrupsiya kelajak kushandasi !

Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida harbiy xizmatchilari o’rtasida ''Korrupsiya kelajak kushandasi!'' mavzusida profilaktik tadbir bo’lib o’tdi. Tadbir davomida mutasaddilar tomonidan shaxsiy tarkib o‘rtasida harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarlik va qonun buzilishi, shuningdek, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining oldini olish, harbiy xizmatchi va xizmatchilarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish borasida ham atroflicha tushunchalar berildi.