Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan polkovnik Ismoilov Ilhom Ismoilzoda Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar polkovnik Ismoilov Ilhom Ismoilzoda Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

Shu munosabat bilan vazirlik rahbariyati Ilhom Ismoilzodaga kelgusidagi xizmat faoliyatlarida omad va zafarlar tilab qoladi.