Korrupsiyaga qarshi kurash tadbirlari

Jizzax viloyati FVB mas’ullari tomonidan Paxtakor tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi shaxsiy tarkibi bilan korrupsiya va huquqbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik va ularning oldini olish maqsadida profilaktik suhbatlar va tushuntirish ishlari amalga oshirildi. 

Uchrashuv davomida ma’ruzachilar tomonidan barcha xodimlar o‘z xizmat vazifalarini halol, vijdonan, yuqori professional darajada va vakolatlaridan chetga chiqmagan holda bajarishi, har qanday vaziyatda o‘z sha’ni va qadr-qimmatini saqlashi, odob-ahloq va kasb etika qoidalariga rioya qilishi lozimligi ta’kidlab o‘tildi.