Xorazm viloyatida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi bo‘lib o‘tdi

Xorazm viloyatining Xiva shahar va Xiva tumanida joriy yil 16-18 aprel kunlari “Boshqaruv organlari, FVDT hududiy quyi bo‘g‘inining zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi. 

 

Tadbir davomida FVDqT tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar favqulodda vaziyatlarga qay darajada tayyor ekanliklari, korxona ishchilarining bunday vaziyatlarda harakatlari sinovdan o‘tkazilib, bilim va ko‘nikmalari oshirildi.