Navoiy viloyatida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi

Navoiy viloyati FVB tomonidan daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda Navoiy shahridagi “Kimyogar” o‘yingohida o‘quvchi yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, favqulodda vaziyat yuz berganda to‘g‘ri harakat qilish, o‘zi hamda o‘zgalarga yordam berish, bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida kasb-hunar maktablari va umumta’lim maktablari o‘rtasida Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 5 ta shart bo‘yicha g‘oliblik uchun o‘zaro bellashdilar.

 

G‘oliblar va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. G‘olib jamoa musobaqaning respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.