Taxtako‘pir tumanida “General va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi general-leytenant T.A.Xudaybergenov boshchiligida o‘tkazilayotgan harbiy-vatanparvarlik tadbirlarining navbatdagi manzili Taxtako‘pir tumani bo‘ldi. Unda bir qator raxbarlar va mahalla faollari ishtirokida Favqulodda vaziyatlar vaziriligiga yangi qabul qilingan muddatli harbiy xizmatchilar bilan “General va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.