Qirg‘oq mustahkamlash ishlari doimiy nazoratda

Andijon viloyati FVB tomonidan viloyat toshqinga qarshi komissiyasi ishchi guruhi hamkorligida Paxtaobod tumanidan oqib o‘tuvchi Tentaksoy bo‘yida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

 

O‘rganish davomida aniqlangan kamchilklar yuzasidan mas’ullarga zarur tavsiyalar berilib,  qirg‘oq mustahkamlash ishlari amalga oshirilmoqda. Albatta, bunday tadbirlar aholi va hududlarni sel, suv toshqini hodisalaridan muhofaza qilishga xizmat qiladi.