Xalqaro hamkorlik 

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan bir nechta xorijiy davlatlar Favqulodda vaziyatlar idoralari bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish, tajriba almashish bo‘yicha doimiy hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
 
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning noyabr oyida Belarus Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasiga tashrif buyurib, qutqaruvchilarni tayyorlash bo‘yicha ta’lim jarayonlari va imkoniyatlari bilan tanishgan edi.

Ayni  kunlarda, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Akademiya mas’ullaridan iborat delegatsiya Belarus Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Fuqaro muhofazasi universitetiga tashrif buyurib, o‘quv jarayonini tashkil etishning o‘ziga xos jihatlari, xususan, qutqaruvchilarni  tayyorlash imkonini beruvchi o‘quv-laboratoriya xonalari, xodimlarni favqulodda vaziyatlarda samarali harakat qilishga o‘rgatish uchun mo‘ljallangan ko‘p funksiyali o‘quv majmualari bilan tanishdi.