Nukus shahrida harbiy-vatanparvarlik uchrashuvi tashkil etildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi general-leytenant T.A.Xudaybergenov boshchiligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Juqorg‘i Kenges Raisi,  Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori va Ichki ishlar vaziri, Nukus harbiy prokurori, Okrug qo‘mondoni, MG boshqarmasi rahbarlari ishtirokida Favqulodda vaziyatlar vaziriligiga yangi qabul qilingan muddatli harbiy xizmatchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda yosh askarlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida, Vatanga qasamyod oldidan harbiy xizmatning mashaqqatlari, askarlarga yaratib berilgan sharoitlar hamda imtiyozlar haqida suhbatlar o‘tkazilib, harbiy xizmat davomida yuqori intizomlilik, insoniylik, soflik, halollik, jasurlik, Vatanni sevish, obod qilish, himoya qilish – eng oliy va sharafli burch hisoblanishi borasida tushunchalar berildi. Tadbir yakunida shu kunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikaning turli hududlarida amalga oshirilgan bunyodkorlik, obodonlashtirish va qurilish ishlari bo‘yicha videolavhalar namoyish etildi.